Tizimga kirish va rollar
Do'kon dasturiga kirish, foydalanuvchi turlari va tilni tanlash bo'yicha to'liq yo'riqnoma.
1. Kirish sahifasi
- Brauzerda dastur manzilini oching (masalan,
http://127.0.0.1:5000 yoki tarmoq administratori bergan havola).
- Login maydoniga foydalanuvchi nomingizni kiriting.
- Parol maydoniga parolni kiriting.
- Kirish tugmasini bosing.
Eslatma: Noto'g'ri login yoki parol bo'lsa, qizil xabar chiqadi. Administratoringizdan yangi parol so'rang.
2. Til tanlash (UZ / RU)
Yuqori o'ng burchakda UZ va RU tugmalari bor. O'zbekcha interfeys uchun UZ ni tanlang. Tanlov brauzerda saqlanadi.
3. Foydalanuvchi rollari
| Rol | Kim ishlatadi | Asosiy imkoniyatlar |
| Kassir | Sotuvchi xodim | Sotish, smena, chek; hisobotlar cheklangan bo'lishi mumkin |
| Admin (do'kon) | Do'kon boshqaruvchisi | Sotish, mahsulotlar, hisobotlar, sozlamalar, qarzdorlar |
| Tarmoq admini | Bir nechta do'kon egasi | Tarmoq paneli, katalog, tarmoq hisobotlari, do'konlar |
| Developer | Texnik xizmat | Tarmoqlar, litsenziya, barcha do'konlar |
4. Parolni o'zgartirish
- Yuqori panelda o'z login nomingizni bosing.
- Eski parol, yangi parol va tasdiqlashni kiriting.
- Saqlash tugmasini bosing.
5. Chiqish
Yuqori o'ng burchakdagi Chiqish tugmasi bilan tizimdan xavfsiz chiqing. Umumiy kompyuterdan ishlaganda har doim chiqing.
Interfeys va navigatsiya
Yuqori panel, menyu bandlari va yordam tugmalari qanday ishlaydi.
Yuqori panel (topbar)
- Chap: do'kon nomi yoki dastur nomi.
- Markaz: asosiy menyu — rolga qarab Sotish, Mahsulotlar, Hisobotlar, Sozlamalar va boshqalar.
- O'ng: litsenziya (agar yoqilgan bo'lsa), login, til, Yordam, Chiqish.
Yordam tugmalari
- Yordam — yuqori paneldagi tugma; to'liq qo'llanmani ochadi.
- ? (savol belgisi) — har bir sahifa sarlavhasida; aynan shu bo'lim haqida yordam ochiladi.
- Dasturga qaytish — yordam sahifasidan oldingi sahifaga qaytish.
Qidiruv yordam ichida
Chap paneldagi qidiruv maydoniga kalit so'z yozing (masalan: smena, telegram, qarz). Mos bo'limlar qoldiriladi, qolganlari yashiriladi.
Flash xabarlar
Sariq/yashil/qizil xabarlar amal muvaffaqiyatli yoki xato ekanini bildiradi. O'qib, kerak bo'lsa qayta urinib ko'ring.
Sotish (kassa)
Sotish sahifasi — kundalik savdo o'tkazish uchun asosiy ekran.
Sahifa tuzilishi
- Chap qism: mahsulotlar ro'yxati, qidiruv, kategoriya filtri, shtrix-kod skaneri.
- O'ng qism: savat — tanlangan mahsulotlar, miqdor, jami summa.
- Past (mobil): savat jami va to'lov tugmasi.
Mahsulot qo'shish usullari
A) Shtrix-kod skaneri
- Skaner maydoni avtomatik fokusda bo'ladi — shtrix-kodni skanerlang.
- Miqdor modali ochiladi — sonini tasdiqlang yoki o'zgartiring.
- Mahsulot savatga qo'shiladi.
B) Kamera (telefon)
- HTTPS havola banneri orqali telefonda oching (ngrok yoki LAN HTTPS).
- Kamera tugmasi → shtrix-kodni skanerlang.
C) Ro'yxatdan tanlash
- Kategoriya yoki qidiruv bilan mahsulotni toping.
- Kartochkaga bosing → miqdorni kiriting.
Savat bilan ishlash
- Miqdorni o'zgartirish: +/- tugmalari yoki maydon.
- Vaznli mahsulot (kg): miqdor gramm yoki kg da kiritiladi.
- Qoldiq yetmasa — dastur ogohlantiradi.
Buyurtmani rasmiylashtirish
- Buyurtmani rasmiylashtirish tugmasini bosing.
- To'lov modali ochiladi — to'lov usullari bo'yicha summalarni kiriting (qarang: To'lov usullari).
- Jami to'lov summasi buyurtma jami bilan teng bo'lishi kerak.
- Tasdiqlash — sotuv saqlanadi, chek chop etilishi mumkin.
Sotuvlar tarixi
Asboblar panelidagi Sotuvlar tarixi tugmasi orqali:
- Sana oralig'ini tanlang.
- Sotuvni ochib tafsilotlarni ko'ring.
- Chekni chop eting yoki brauzerda oching.
- Admin sotuvni o'chirishi mumkin (ehtiyotkorlik bilan).
Faoliyat jurnali (admin)
Kim qachon sotuv, mahsulot yoki sozlamalar bilan ishlaganini ko'rish uchun.
Smena ochish va yopish
Smena rejimi yoqilgan do'konlarda har kassir smenasi alohida hisoblanadi.
Smena rejimi qayerdan yoqiladi
Sozlamalar → Foydalanuvchilar → Smena rejimi (admin). Yoqilgandan so'ng kassir smenasiz sotuv qila olmaydi (admin sozlamaga qarab istisno bo'lishi mumkin).
Smenani ochish
- Sotish sahifasida Smenani ochish tugmasini bosing.
- Boshlang'ich naqd — kassadagi tangalarni kiriting (0 bo'lishi mumkin).
- Tasdiqlang — yashil holat: smena ochiq.
Smenani yopish
- Smenani yopish tugmasini bosing.
- Kutilgan naqd — dastur hisoblagan summa (avtomatik).
- Haqiqiy naqd — kassada sanab topgan summangiz.
- Farq bo'lsa — hisobotda ko'rinadi; sababini aniqlang (xato berish, xarajat va hokazo).
Hisobotda smena
Hisobotlar sahifasida smenalar jadvali: ochilgan/yopilgan vaqt, kassir, naqd/karta, xarajatlar, farq.
To'lov usullari
Bitta buyurtmada bir nechta to'lov usuli aralash ishlatish mumkin.
Mavjud usullar
| Usul | Tavsif |
| Naqd | Pul kassa |
| Plastik karta | Terminal orqali karta |
| Click | Click to'lov tizimi |
| O'tkazma | Bank o'tkazmasi |
| Qarzga | Mijoz keyinroq to'laydi — qarzdor yaratiladi |
Qaysi usullar ko'rinishi — Sotuv sozlamalari da belgilanadi.
To'lov modalida ishlash
- Jami — buyurtma summasi (yuqorida).
- Har bir ustun — usul nomi va summa maydoni.
- Birlamchi usul (odatda naqd) avtomatik to'ldiriladi; qolganini siz taqsimlaysiz.
- To'lov summasi pastda — yashil: to'g'ri, sariq: yetmaydi, qizil: ortiqcha.
- Tasdiqlash faqat summalar mos kelganda.
Qarzga sotish
- Qarzga maydoniga summani kiriting.
- Qarzdor ma'lumotlari paydo bo'ladi: ism (majburiy), telefon, izoh.
- Agar shu ism allaqachon bor bo'lsa — birlashtirish taklif qilinadi.
- Keyin qarz Qarzdorlar ro'yxatida ko'rinadi.
Mahsulotlar va kategoriyalar
Mahsulotlar sahifasida katalog, narx, qoldiq va o'chirish boshqariladi.
Kategoriyalar
- + Kategoriya — nom kiriting, saqlang.
- Kategoriyani tahrirlash — nom ustiga bosing yoki tahrir tugmasi.
- O'chirish — faqat ichida faol mahsulot bo'lmasa; o'chirilgan mahsulotlar boshqa kategoriyaga ko'chiriladi.
Yangi mahsulot
- + Mahsulot tugmasi.
- Nom — sotishda ko'rinadigan nom.
- Kategoriya — ro'yxatdan tanlang.
- Narx — dona yoki kg uchun sotuv narxi.
- Qoldiq — ombordagi miqdor (0 dan boshlash mumkin).
- Vaznli (kg) — belgilang, agar kg bo'yicha sotilsa.
- Shtrix-kod — qo'lda yoki avtomatik generatsiya.
- Saqlash.
Tahrirlash va qoldiq
- Mahsulot qatoridagi tahrir — barcha maydonlar.
- Qoldiqni tez o'zgartirish — alohida maydon (admin).
- Narx o'zgarishi faqat keyingi sotuvlarga ta'sir qiladi; eski sotuvlar arxivda eski narx bilan qoladi.
O'chirish (soft delete)
- O'chirish — mahsulot sotish ro'yxatidan yo'qoladi, lekin bazada saqlanadi.
- O'chirilgan mahsulotlar bo'limida ko'rinadi.
- Qayta tiklash — mahsulot yana faol bo'ladi.
- Butunlay o'chirish — faqat hech qachon sotilmagan mahsulotlar uchun; shtrix-kod bo'shatiladi.
Diqqat: Sotilgan mahsulotni butunlay o'chirish mumkin emas — hisobotlar buziladi.
Import / eksport
Excel orqali ommaviy yuklash va eksport (agar tugmalar ko'rinayotgan bo'lsa) — fayl formatiga rioya qiling.
Shtrix-kod va skaner
Shtrix-kod tez sotish va xatolarni kamaytirish uchun ishlatiladi.
Qoidalar
- Har bir faol mahsulotda bitta noyob shtrix-kod.
- O'chirilgan (soft) mahsulot shtrix-kodi hali band — yangi mahsulotga berishdan oldin butunlay o'chiring yoki kodni o'zgartiring.
- Skaner klaviatura kabi ishlaydi — Enter dan keyin mahsulot qidiriladi.
Avtomatik kod
Mahsulot yaratishda bo'sh qoldirsangiz, tizim ichki kod berishi mumkin. Tashqi (EAN) kodlarni skanerdan o'qish tavsiya etiladi.
Muammolar
- Topilmadi — kod bazada yo'q; mahsulotlar sahifasida qo'shing.
- Band — boshqa mahsulotda bor; o'chirilgan mahsulotlarni tekshiring.
- Skaner ikki marta o'qiydi — skaner sozlamalarida «Enter oxirida» ni o'chiring.
Hisobotlar
Savdo, foyda, smena va to'lov usullari bo'yicha tahlil.
Asosiy hisobot
- Hisobotlar menyusini oching.
- Boshlanish va Tugash sanalarini tanlang.
- Ko'rsatish — jadval va grafiklar yangilanadi.
Ko'rsatkichlar
- Jami savdo — tanlangan davrda barcha sotuvlar.
- Naqd / karta / Click / o'tkazma / qarz — usul bo'yicha taqsimot.
- Foyda — sotuv narxi va tannarx farqi (tannarx kiritilgan bo'lsa).
- Eng ko'p sotilgan mahsulotlar.
Smenalar jadvali
Har smena: kassir, ochilgan/yopilgan vaqt, naqd farqi, xarajatlar.
Chek va sotuv tafsiloti
Sotuvlar ro'yxatidan bitta sotuvni oching — mahsulotlar, to'lovlar, vaqt, kassir.
Xarajatlar
Do'kon xarajatlarini kiritish va hisobotda ko'rish.
Xarajat qo'shish
- Hisobotlar yoki xarajatlar bo'limida + Xarajat.
- Summa, sabab (izoh), sana.
- Smena ochiq bo'lsa — smenaga bog'lanishi mumkin.
Nima uchun kerak
Kassadan olingan pul (ijara, yetkazib berish va hokazo) smena yopishda farq sababini tushuntirishga yordam beradi.
Qarzdorlar
Qarzga berilgan savdolar va to'lovlarni boshqarish.
Ro'yxat
- Har qarzdor: ism, telefon, joriy qarz summasi.
- Saralash: sana, summa, oxirgi to'lov bo'yicha.
- Qidiruv — ism yoki telefon bo'yicha.
Qarz qo'shish (sotishdan)
To'lov modalida «Qarzga» summasi va qarzdor ismi.
To'lov qabul qilish
- Qarzdorni tanlang → To'lov.
- Summa va usul (naqd/karta).
- Qarz kamayadi; tarixda «To'lov» yozuvi paydo bo'ladi.
Tarix (ikki ustun)
- Chap: qarz yozuvlari (sotuvlar).
- O'ng: to'lovlar.
Qarzdorni o'chirish
Faqat qarzi 0 bo'lsa yoki admin qoidasi ruxsat bersa. Faol qarz bilan o'chirish xavfli — avval to'liq yoping.
Sozlamalar (umumiy)
Sozlamalar — do'kon nomi, zaxira, litsenziya va boshqa umumiy parametrlar.
Do'kon ma'lumotlari
- Do'kon nomi — yuqori panelda ko'rinadi.
- Manzil / telefon — chekda yoki hisobotda ishlatilishi mumkin.
Bo'limlar ro'yxati
Kim o'zgartira oladi
Faqat do'kon admini yoki tarmoq admini (o'z do'konida). Kassirlar sozlamalarga kira olmaydi.
Sotuv va to'lov sozlamalari
Kassada qaysi to'lov usullari ko'rinishini bu yerda belgilaysiz.
Usullarni yoqish / o'chirish
- Sozlamalar → Sotuv / to'lov sahifasiga o'ting.
- Har bir usul yonidagi kalit (checkbox) — yoqilgan bo'lsa kassada ko'rinadi.
- Qarzga yoqilsa — Qarzdorlar menyusi ham paydo bo'ladi.
- O'zgarishlarni saqlang.
Chegirma
- Shu sahifada Sotuvda chegirma ni yoqing va saqlang.
- To'lov oynasida Chegirma tugmasi chiqadi.
- Chegirma summasini kiriting — u buyurtmadan ayiriladi. Yoki kelishilgan yakuniy summani kiriting (masalan, 370 000 o'rniga 350 000).
- Chekda buyurtma summasi, chegirma va to'lanadigan summa ko'rinadi. Hisobotlarda chegirmalar alohida qator.
Tavsiyalar
- Faqat haqiqatan ishlatadigan usullarni yoqing — kassir xato kamroq qiladi.
- Qarzni faqat ishonchli mijozlar uchun ishlating.
- Usul nomlari o'zbek tilida ko'rsatiladi (i18n).
Foydalanuvchilar va huquqlar
Kassirlar va adminlar uchun login, parol va ruxsatlar.
Yangi foydalanuvchi
- + Foydalanuvchi yoki + Kassir.
- Login (noyob), parol, rol tanlang.
- Hisobot ko'rish — kassirga hisobot ruxsati.
- Smena rejimi — smenasiz sotuv bloklanadi.
- Saqlang.
Parolni tiklash
Admin boshqa foydalanuvchi parolini o'zgartirishi mumkin. Foydalanuvchi o'zi yuqori paneldagi login orqali parol almashtiradi.
Kassir cheklovlari
- Mahsulot qo'shish/o'chirish — odatda yo'q (admin).
- Sotuv o'chirish — admin qoidasiga bog'liq.
- Sozlamalar — yo'q.
Smena rejimi
Butun do'kon uchun yoqiladi. Har kassir smenani mustaqil ochadi/yopadi. Smena yopilguncha naqd farq aniqlanadi.
Telegram xabarnomalari
Savdo, smena va zaxira haqida Telegram guruhiga xabar yuborish.
Botni ulash
- Telegramda @BotFather dan yangi bot yarating, token oling.
- Guruh yarating, botni guruhga qo'shing, admin qiling.
- Guruh chat ID ni oling (maxsus botlar yoki API orqali).
- Sozlamalar → Telegram da token va chat ID ni kiriting.
- Saqlash va Test xabar yuboring.
«Botdan» tugmasi
Telegram sozlamalarida Botdan — guruh a'zolari bot orqali do'konni ro'yxatdan o'tkazish uchun. Ro'yxatdan o'tganlar «Botdan» ro'yxatida ko'rinadi.
/prog — dasturlarni yuklab olish
Oluvchilar ro'yxatiga qo'shilgan User ID botga shaxsiy chatda /prog yozsa, serverdagi fayllar yuboriladi: Dokon-Print-Agent.zip (uzoq printer) va doni-multidokon.apk (Android). Fayllar loyiha/server papkasida bo'lishi kerak.
Qaysi hodisalar yuboriladi
- Yangi sotuv (ixtiyoriy sozlama).
- Smena ochish/yopish.
- Zaxira yaratildi.
- Muhim xatoliklar (agar yoqilgan bo'lsa).
Xavfsizlik: Bot tokenini hech kimga bermang. Token o'g'irlansa — BotFather da yangilang.
Printer (chek chop etish)
Termal printer orqali chek chop etish sozlamalari.
Printer turlari
- USB — kompyuterga to'g'ridan-to'g'ri (Windows drayver).
- Tarmoq (IP) — port odatda
9100, ESC/POS format.
- Brauzer — tarmoq printer ishlamasa, brauzer print dialogi.
Sozlash
- Sozlamalar → Printer.
- Printer turini tanlang.
- IP manzil va port (tarmoq uchun).
- Chek kengligi (58mm / 80mm).
- Test chek chop eting.
Muammolar
- Chek bo'sh — noto'g'ri kenglik yoki kodlash.
- Ulanmaydi — firewall, IP, kabel.
- HTTPS saytda USB cheklangan — LAN HTTP yoki mahalliy agent.
Zaxira nusxa (backup)
Ma'lumotlarni saqlash va tiklash — do'kon ishi uchun muhim.
Zaxira yaratish
- Sozlamalar sahifasida Zaxira yuklab olish.
- Fayl kompyuterga yuklanadi (JSON yoki ZIP — dastur versiyasiga qarab).
- Faylni xavfsiz joyga nusxalang (bulut, USB).
Qayta tiklash (import)
- Zaxira tiklash — fayl tanlang.
- Tasdiqlang — mavjud ma'lumotlar ustiga yozilishi mumkin.
- Tiklashdan keyin brauzerni yangilang.
Diqqat: Eski zaxirani noto'g'ri tiklash ma'lumot yo'qotishiga olib keladi. Avval joriy zaxira oling.
Avtomatik xabar
Telegram yoqilgan bo'lsa, zaxira yaratilganda guruhga xabar ketishi mumkin.
Tarmoq admini
Bir nechta do'konni bitta tarmoq ostida boshqarish.
Tarmoq paneli
- Do'konlar — ro'yxat, yangi do'kon, litsenziya.
- Katalog — umumiy mahsulotlar (tarmoq darajasida).
- Hisobotlar — barcha do'konlar bo'yicha (tarmoq hisobotlari).
- Faoliyat jurnali — kim nima qilgan.
Do'konga kirish
Tarmoq admini do'konni tanlab, oddiy admin kabi sotish va sozlamalarni ochishi mumkin.
Masofadan ulanish (ngrok / LAN)
- Server kompyuterda dastur ishlayapti.
- Telefon bir xil Wi‑Fi da — kompyuter IP:5000.
- Kamera skaner uchun HTTPS kerak — ngrok yoki reverse proxy.
Developer roli
Tarmoqlar yaratish, barcha do'konlar, litsenziya muddatlari — faqat developer uchun.
Tarmoq hisobotlari
Bir nechta do'kon savdosini solishtirish va umumiy tahlil.
Hisobot ochish
- Tarmoq paneli → Hisobotlar.
- Sana oralig'ini tanlang.
- Do'konlar bo'yicha jami savdo, taqqoslash jadvali.
Qanday foydalanish
- Eng yaxshi va eng past do'konlarni aniqlash.
- Oylik yig'ish va franchayzing nazorati.
- Har do'kon alohida hisobotga ham kirishi mumkin (do'kon admini).
Tez-tez savollar va muammolar
Eng ko'p uchraydigan savollar va yechimlar.
Sotish
- Shtrix-kod topilmayapti
- Mahsulotlar sahifasida kod borligini tekshiring. O'chirilgan mahsulot bo'lsa — tiklang yoki yangi kod bering.
- To'lov tasdiqlanmaydi
- Barcha usullar yig'indisi jami summa bilan teng bo'lishi kerak. Qizil/sariq indikatorni qarang.
- Smena ochilmaydi
- Smena rejimi yoqilgan — avval smena oching. Admin bo'lsangiz sozlamalarni tekshiring.
Mahsulotlar
- Kategoriyani o'chirib bo'lmaydi
- Ichida faol mahsulot bor. Avval ko'chiring yoki o'chiring.
- Butunlay o'chirish tugmasi yo'q
- Mahsulot kamida bir marta sotilgan — faqat soft delete. Tarix saqlanadi.
- Shtrix-kod band
- O'chirilgan mahsulotda kod qolgan — «Butunlay o'chirish» yoki kodni o'zgartiring.
Texnik
- Sahifa eski ko'rinadi
- Ctrl+F5 (qattiq yangilash). CSS/JS versiyasi yangilangan bo'lishi mumkin.
- Telefon kamerasi ishlamaydi
- HTTPS kerak. LAN IP yoki ngrok havolasidan foydalaning.
- 500 xato
- Administratorga xabar bering; server logini ko'ring. Odatda noto'g'ri ma'lumot yoki bazada muammo.
Yordamdan foydalanish
- Chap qidiruv — kalit so'z (masalan: «qarz», «telegram»).
- Har sahifadagi ? — shu bo'limga o'tadi.
- Dasturga qaytish — oldingi sahifaga.